O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son qaroriga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi.
Yoshlar akademiyasi 4 ta platformalar jamoalariga a’zolikka qabul qiladi va a’zolarini yangi istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha rivojlangan davlatlar darajasida yetuk mutaxassislar bo’lishlarida amaliy yordam ko’rsatadi. Zamonaviy ilm-fan sohasida dunyoning nufuzli ilmiy muassasalarida maqsadli va tizimli malaka oshirishlari hamda ta’lim olishlarini, ilmiy laboratoriyalar yoki filiallarini tashkil qilish orqali mamlakatda ilmiy maktablarni kuchaytirishga xizmat qiladi.