HIKMATLAR
* * *
Inson eng olijanob fazilatlar sohibidir
* * *
Yaqin doʻsti bor kishi chinakam baxtiyor kishidir. U doʻst munosib hayot tarziga ega, yoqimli xususiyatlar sohibi boʻlishi lozim. Ana shunday chin doʻst har bir kishida bitta boʻladi. Bundan ortiq boʻlmaydi.
* * *
Odam hamisha boshqalarga yaxshilik koʻrsatishi kerak. Agar yaxshilik qilish imkoniga ega boʻlmasa, yaxshi tilaklar izhor etsin
* * *
Har bir olim oʻz muhokamasida amaliyotga asoslanishi, oʻz tadqiqotida aniq boʻlishi, toʻxtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur.
* * *
Insonning qadr-qimmati oʻz vazifasini aʼlo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va oʻrni mehnat bilan belgilanadi, inson oʻz xohishiga mehnat tufayli erishadi.
* * *
Podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi.
* * *
Amir Ismoil Somoniy debdi: “Ajdoding shuhratiga suyanma, oʻzingga oʻzing shuhrat top”.
Kimda-kim qarindoshlari sababli oʻziga obroʻ, yaqinlik axtarsa va oʻtgan ajdodlari bilan kibrlansa, oʻsha kishining oʻzi oʻlik, ajdodlari esa tirik sanaladi.
* * *
Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi.
* * *
Daryolarning doimo dengizga quyilishi uning suviga taʼsir koʻrsatmaganidek, amal va lazzat — haqiqiy ilm oluvchiga taʼsir koʻrsata olmasligi kera
* * *
Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni koʻr qilib qoʻyadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochkoʻzlikni quli boʻlishdan ozod boʻlmogʻi darkor
* * *
Bilimlilik orqali nodonlik koʻtariladi, azob-uqubat boʻlgan shak-shubha oʻrniga ilm natijasida aniqlik kiradi.
* * *
Bizning maqsadimiz oʻquvchi (talaba)ni toliqtirib qoʻymaslikdir, hadeb bir narsani oʻqiy berish zerikarli boʻladi va toqatni toq qiladi. Agar oʻquvchi (talaba) bir masaladan boshqa bir masalaga oʻtib tursa, u xuddi turli-tuman bogʻ-rogʻlarda sayr qilgandek boʻladi, bir bogʻdan oʻtar-oʻtmas, boshqa bogʻboshlanadi. Kishi ularning hammasini koʻrgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bagʻishlaydi, deb behuda aytilmagan.