Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)

O’gitlari

Odamgarchiligi bor mard kishi oʻzidan va oʻziniki ekanligiga hech kim tortishib oʻtirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi.

Odamlarning tuban darajalisi ham oʻzidan tubanroq boʻlgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.

Har bir yangi narsada lazzat bor.

Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

Asalarilar ham oʻz jinsidan boʻlaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oʻldirib tashlaydilar.

Minnat qilish berilgan ehsonni yoʻqqa chiqaradi.

Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi.

Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi.

Ulugʻ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.

Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi.

Oʻz istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi.

Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini taʼna qilishadi.

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

Yolgʻonchilikdan chetlanib, rostgoʻylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolgʻonchining oʻzi ham sevib maqtaydi.

Koʻz bilan koʻrgan eshitgandan afzalroqdir.

Tillarning turlicha boʻlishiga sabab – odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tugʻilishidir.

Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan oʻzini qoʻriqlash bor.

Hasad bilan gʻazab ikki qanot boʻlib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.

Haddan ortiq gʻazab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroʻni ketkazadi.