Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)

UCH RUBOIY

Hinddan soʻra Mashriq aro qadrimni,

Magʻrib meni oʻqir, yoʻqdir armonim.

Boʻlsa hamki odamlari gʻayridin,

Tan oldilar zoʻr shuhrat-u zoʻr shonim.

* * *

Kim uchsa saʼy-jahd qilmay shuhratga,

Karam libosiga boʻlsa qancha och.

Gʻaflat soyasida shod yotar, ammo

Sharaf kiyimisiz qolar yalangʻoch.

* * *

Masofa tufayli ayshim buzildi,

Dilimda orom yoʻq, cheksizdir firoq.

Maktubing dardimga toʻtiyo boʻldi,

Minglab parixondan oʻsha yaxshiroq.