“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning STARTAP loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi

“Bo’lajak olim” tanlovi doirasida Startap loyihalar tanlovi e’loni

Startap loyihalar tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli
va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Startap loyihalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlar va startap loyihalari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur‘ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:
Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
Loyih ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
Topshirilgan startap loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 2-ILOVA

Tanlov doirasida startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi. Tanlov doirasida Startap loyihalar bo‘yicha takliflar 2023-yilning
20-iyuldan 30-noyabrga qadar soat 18:00 gacha qabul qilinadi
. Bunda ishtirokchi agentlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim:


Topshiriladigan hujjatlar

Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan ilmiy loyihalar koʻrib chiqilmaydi.

Hujjatlar quyidagi havola orqali yuklanadi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha: (71) 207-17-36 Ichki raqam.