Ilmiy g‘oyalar tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Ilmiy g‘oyalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Ilmiy g‘oya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha;
Topshiriladigan ilmiy g‘oya shartlari:
Ilmiy g‘oya muallifi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
Ilmiy g‘oya ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
Ilmiy g‘oya an’anaviy biznes turlaridan farqli bo‘lishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy g‘oya bilan ishtirok etishi;
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 2-ILOVA
Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmasligi lozim.
Topshiriladigan hujjatlar
Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi. Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar bo‘yicha takliflar 2023-yilning 20-iyuldan
30-noyabrga qadar soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Bunda ishtirokchi agentlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim:
Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan ilmiy loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatlar quyidagi havola orqali yuklanadi.
Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy g‘oya mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha: (71) 207-17-36 Ichki raqam.