“Akademik harakatchanlik” dasturining 2023-yildagi mavsumida ishtirok eting!

Yoshlar akademiyasi “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlar oʻrtasida tanlovni eʼlon qiladi

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining
1-ilovasi “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

 Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur.

Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.

Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:

1.  Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
2. 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
3. Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 1-ILOVA

Tanlov doirasida Ilmiy loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 30-Sentabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Dasturda ishtirok etish uchun topshiriladigan hujjatlar roʻyxati:

1. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi (anketa), fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3×4 sm oʻlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati ilova qilinadi.
2. Ilmiy-tadqiqot loyihasi. Bunda taqdim etilgan shakllarga asosan ilmiy-tadqiqot loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi zarur: mavzusi va dolzarbligi; obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijala.
4. Mavzu doirasida nashr etgan ilmiy maqolalar roʻyxati (soʻnggi 5 yilda).
5. Qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Vazirlik nomiga taqdim etilgan rozilik xati.
6. Yoʻllanma xati (tanlovda ishtirok etish uchun faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasaning yoʻllanma xati).
7. Taqdim etilgan shaklga asosan ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zaruriyati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar toʻgʻrisida maʼlumot.
8. Qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan, loyihani amalga oshirish kalendar rejasi.
9. Ilmiy loyihaning taqdimoti (10 ta slayddan oshmagan).
10.Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati 3.4 shaklga asosan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Nomzod tomonidan topshirilgan hujjatlar ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.


Topshiriladigan hujjatlar namunasi

Loyiha taqdimoti 10 slaydan oshmagan holda taqdim etilishi kerak


Hujjatlar quyidagi havola orqali yuklanadi.

Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan ilmiy loyihalar koʻrib chiqilmaydi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali ilmiy loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 207-17-36 Ichki raqam.