“TechnoWays” harbiy marafoni yakunlandi

Mamlakatimizdagi harbiy oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli yoshlari va yosh olimlari tomonidan ishlab chiqilgan harbiy sohadagi ilmiy-innovatsion loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan “TechnoWays” harbiy marafoni yakunlandi.

Marafon yakunlari bo’yicha eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari rag’batlantirildi.

Ushbu Marafon butun boshli mudofaa tizimi uchun kichik bir tadbir bo’lgan bo’lsada, harbiy qudratimizni rivojlanishiga qaratilgan katta yo’lning boshlanishi ekanligiga umid qilamiz.