“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni bu yili Oliy ta’lim muassasalarida ham o’tkazildi.

Yoshlarimiz orasida brendga aylanib borayotgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni bu yili Oliy ta’lim muassasalarida ham o’tkazildi.

Yoshlarning innovatsion g’oyalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu marafon respublikaning barcha hududlarida tahsil oluvchi talaba yoshlarning g’oyalarini rivojlantirish va innovatsiyalarga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur marafon doirasida Respublikamiz hududlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 6200 nafardan ortiq iqtidorli talaba-yoshlari qamrab olindi.

Yaqin kunlarda esa “TechnoWays” marafoni hududiy bosqichlari ham start oladi! Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar hamda Toshkent shahridagi iqtidorli yoshlarni ushbu marafonda kashf etamiz!