“START4REGION” tanlovning asosiy maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 19-apreldagi “Ilmiy
va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
“START4REGION” tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Ilmiy g‘oya – ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha;
Topshiriladigan ilmiy g‘oya shartlari: Ilmiy g‘oyani amalga oshirilish hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lishi kerak;
Ilmiy g‘oya ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi
va ish joyidan qaťiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
Ilmiy g‘oyaning ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
1 ta jamoa 1 ta ilmiy g‘oya bilan ishtirok etishi;
Tanlovda g‘olib bo‘lgan ilmiy g‘oyani amalga oshirish jarayoni yakunlangandan so‘ng 1 birlikdagi prototip namunasini Yoshlar akademiyasiga taqdim etish lozim;
Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori har bir talabgor uchun bazaviy hisobolash miqdorining 100 barobaridan
200 barobarigacha bo‘lishi zarur.
Tanlov doirasi eng kamida 10 ta ilmiy g‘oya qo‘llab-quvvatlanadi. Ilmiy g‘oyalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi. Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar bo‘yicha ariza shakllarini 2023-yilning 5-iyundan 15-iyulga qadar soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Topshiriladigan hujjatlar
Ilmiy g’oyaning taqdimoti (5 ta slayddan iborat, PPT yoki PDF fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi zarur)
Bunda ishtirokchilar ushbu havola orqali ariza topshirishi lozim.
Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalar tanlov talablariga qaťiy rioya qilinganligi, ilmiy g‘oya materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan ilmiy g‘oyalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi. Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy g‘oya mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha: (71) 207-17-36