2-iyun kuni Innovatsion rivojlanish agentligida Yoshlar akademiyasi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Norasmiy formatda tashkil etilgan uchrashuvda Yoshlar akademiyasi liderlari, Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati va Yoshlar akademiyasi vakillari ishtirok etishdi.




Uchrashuvda Yoshlar Akademiyasining 2-yarim yilligi ish rejasi taqdimoti o’tkazildi va akademiya a’zolarining fikr va takliflari olindi. Taqdimotda yoshlar tashkilotchilar bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot qilish, yoshlar uchun zarur sharoitlar bo’yicha ochiq muzokaralar o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lishdi.