“Bo’lajak olim” tanlovi doirasida “START4REGION” tanlovi e’lon qilinadi

“START4REGION” tanlovning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

“START4REGION” tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlar va startap loyihalari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur‘ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

Loyihani amalga oshirilish hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lishi kerak;

Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;

Loyiha an’anaviy biznes turlaridan farqli bo‘lishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;

1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;

Topshirilgan startap loyihani amalga oshirish uchun so‘ralgan mablag‘ miqdori 100 million so‘mgacha bo‘lishi zarur. Tanlov doirasi 10 ta startap loyiha qo‘llab-quvvatlanadi.

Startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo’lishi.

Tanlov doirasida Startap loyihalar bo‘yicha takliflar 2022-yilning 5-avgustdan 5-sentyabrga qadar soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Bunda ishtirokchi vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim:

Taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qaťiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha: (71) 203-32-23 Ichki raqam — (233).