🌐 Innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan iqtidorli yoshlarni jalb qilish, ularning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning noyabr oyida “InnoWeek 2021” doirasida yurtimizdagi
➡️ yosh olimlar
➡️ talabalar
➡️ tashabbuskor fuqarolarni
🏅 “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.
Buning uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi
📝 Tanlovning 1-bosqichi uchun loyiha va uning muallifi toʻg’risidagi ma’lumotlarni:
☑️ Agar siz tashabbuskor fuqaro bo’lsangiz istiqomat qiladigan tuman yoki shahar hokimligiga xujjatlarni taqdim etasiz.
☑️ Talaba yoki yosh olimlar esa ta’lim olayotgan oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyaga 30-aprelga qadar taqdim etishlari lozim.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda ishtirok etuvchi yosh olimlar
va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
A). Fotosurat (elektron, 9×12 oʻlchamda, orqa fon oq rangda, jpg/jpeg formatda).
B). Shahsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta rangli nusʼhada, pdf formatida).
V). Keltirilgan shakldagi ariza (ishtirokchi tomonidan tasdiqlangan, pdf formatida).
G). Tegishli shakldagi nomzod maʼlumotnomasi (doc yoki docx formatida).
D). Tavsifnomasi (doc yoki docx hamda tasdiqlangan pdf formatida).
Ye). Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (patent, sertifikatlar, maqtov yorliqlar
va boshqalar, barchasi bir pdf hujjatda jamlangan holda).
J). Tavsiyanomalar (tasdiqlangan pdf formatida)(agar mavjud boʻlsa).
Taqdim etilgan xujjatlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga arizachining shaxsan oʻzi javobgan hisoblanadi.
Batafsil maʼlumot uchun:
💠 +998 71 203 32 23 (Ichki raqam – 233)
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh