💫 26-fevral kuni Moʻynoq tumanida Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan “MUYNAK INNOVATION FORUM” va “Yosh innovatorlar” koʻrgazmasi tashkil etildi.
🔸 Forumning asosiy maqsadi keng jamoatchilikni fan va texnika sohasidagi yangi texnologiyalar bilan tanishtirish, fan va texnika, ekologiyaning turli sohalarida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish koʻlamini kengaytirish va ulardan foydalanishdan iborat boʻldi.
📌 Forum davomida yoshlar hamda ilmiy kashfiyotlar mualliflari oʻz yutuqlarini taqdim etish imkoniga ega boʻldi.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh