⚡️2022 yil 25 fevral kuni Namangan shahridagi Prezident maktabida Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi boshlig’I Bunyodjon Oxunov, Namangan innovatsion rivojlanish boshqarmasi Ilxomjon Sattarov va o’quvchi yoshlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
✅ Ushbu uchrashuv yoshlar va rahbarlar oʻrtasida erkin fikr almashish, shuningdek yoshlarni oʻz fikr va gʻoyalarini erkin bildirishga imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etildi.
✅ Uchrashuv davomida yoshlarni ilmiy g’oyalarini shakllantirish, ularni amalga oshirish mexanizmlari, moliyalashtirish tartibi, shuningdek startap loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuvda faol qatnashgan Prezident maktabi o’quvchilariga vazirlikning esdalik sovg’alari topshirildi.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh