🌐 26-fevral kuni Moʻynoq tumanida Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan “MUYNAK INNOVATION FORUM” forumi va “Yosh innovatorlar” koʻrgazmasi tashkil qilinmoqda.
💠 Forum doirasida yoshlar, ilmiy kashfiyotlar mualliflari, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari oʻz yutuqlarini namoyish etish imkoniyatiga ega boʻladi.
🔷 Shuningdek, forum ishtirokchilarining zamonaviy texnologiyalar va axborot dasturlari, mobil ilovalari prezentatsiyalari, chiqishlari tashkil qilinadi.
📌 Forum natijasi boʻyicha yoshlarni qoʻllab quvvatlash maqsadida ilmiy maqolalar kitobini chop etish rejalashtirilmoqda.
Barchangizni “MUYNAK INNOVATION FORUM” forumi va “Yosh innovatorlar” koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
☎️Maʼlumot uchun:
(http://innovation.karakalpakstan@gmail.com/)+998 61 222 20 26
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh