✨ Yoshlar akademiyasi faol a’zosi, Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va Avtomatika fakulteti 4-bosqich talabasi Abidov Sultan Ilgizovich Respublika OTMlari miqyosida oʻtkazilgan “Yil talabasi-2021” tanlovida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
⚡️ “Yil talabasi-2021” Respublika tanloviga Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 500 ga yaqin hujjatlar taqdim etildi.
📝 Tanlovga yuborilgan yigʻma-jildlarni vazirlik va idoralar, xususan, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Savdo sanoat palatasi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi, Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi baholadi.
📌 Shuningdek, tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan 37 nafar iqtidorli talabalar saralanib, har bir nominatsiya boʻyicha 21 nafar gʻolib aniqlandi.
💫 Yoshlar akademiyasi Abidov Sultan Ilgizovichni erishgan ulkan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etadi.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh