🔷 Yoshlar akademiyasi faol aʼzosi, TDTU Olmaliq filiali Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi assistenti Umurov Ulugʻbek rahbarligidagi startap loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida moliyalashtirilgan hamda yoʻlga qoʻyilgan
➡️ Ushbu startap loyihasi orqali mahalliy xom-ashyolar asosida agressiv muhitda ishlatiladigan keramik kislotaga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish sexi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
📌 Ma’lumot uchun: Keramik kislotabardosh materiallarni ishlab chiqarish uchun respublikamizda yetarli zaxira mavjud boʻlib, kelgusida chetdan import qilish kamayadi. Muhimi, bu turdagi mahsulotlar iqtisodiy va moliyaviy tomonlama samaradorligi bilan ahamiyatli.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh