Yoshlar akademiyasi vakillari 2022-yil 17-20-yanvar kunlari Istanbul shahridagi Turkiya kiberxavfsizlik Federatsiyasiga tashrif buyurishdi.
✅ Kiberxavfsizlik federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ushbu sohani mamlakatda va yaqin hamkor davlatlarda rivojlantirish strategiya va rejalari, federatsiya tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, shuningdek hozirgi davrda kibermakonda mavjud boʻlgan texnologiyalar va tahdidlar, ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olindi.
📜 Xizmat safari davomida Turkiya kiberxavfsizlik federatsiyasi va Yoshlar akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📈 Memorandumga koʻra Federatsiya tomonidan Oʻzbekistondagi 300 nafar iqtidorli yoshlar uchun kiberxavfsizlik va kriptografiya boʻyicha bepul kurslar tashkil etiladi va yil yakunida HackTashkent musobaqasi oʻtkaziladi.
📌 Tashkil etiladigan kurslarda ishtirok etish talablari, muddatlari va dasturlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.