Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiya Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha maqsadli tanlov eʼlon qiladi.
📝 Hujjatlar 2022-yilning 14-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.
➡️ Nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (hujjat)lar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari (keyingi oʻrinlarda – buyurtmachilar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda Vazirlikning info@mininnovation.uz elektron manziliga yuboriladi.
📌 Batafsil ma’lumot.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh