📣 Mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, isteʼdodli professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilari diqqatiga!
🌐 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!
➡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-2023 oʻquv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
🔹 bakalavriat taʼlim dasturi uchun 120 nafar,
🔹 magistratura taʼlim dasturi uchun 180 nafar,
🔹 doktorantura taʼlim dasturi uchun 120 nafar stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.
📌 Barcha taʼlim dasturlari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida 20 ta oʻrin ajratilib, bunday yoshlarimizga alohida eʼtibor qaratiladi.
🔖 Batafsil ma’lumot uchun.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh