➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik tomonidan 2021-yilning may oyidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari doirasida “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida loyihalar qabul qilish boʻyicha eʼlon berildi hamda dasturda ishtirok etish boʻyicha 23 ta ariza qabul qilindi.
🔸 Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan “Akademik harakatchanlik dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom” tartibiga muvofiq tanlovga taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqish va baholash maqsadida tanlov ishchi guruhi muhokamasida koʻrib chiqildi.
💡 Vazirlik Hayʼati muhokamasida “Akademik harakatchanlik” dasturi ishchi guruhi muhokamalarida koʻrib chiqilgan va ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan 13 ta loyihani moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilindi.
“Akademik harakatchanlik” dasturi 1-mavsumi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar
ROʻYXATI
T/r | Loyiha nomi | Loyiha rahbari | Loyiha rahbari faoliyat yuritayotgan tashkilot | Loyiha bajariladigan tashkilot | Amalga oshirish muddati |
1 | Nuqtali kontaktli payvandlash mashinasi elektrodi uchun mis asosli elektrodlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish | Aliqulov Adxam Xoltoji oʻgʻli | Toshkent davlat texnika universiteti | “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (Chirchiq shahri) | 6 oy |
2 | Kasr tartibli integro-differensial operator qatnashgan yuklangan tenglamalar uchun noklassik masalalar | Baltayeva Umida Ismoilovna | Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi | OʻzR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (Toshkent shahri) | 3 oy |
3 | Paxtachilik traktorini orqa koʻprigi klirensi oʻzgargandagi parametrlarini asoslash | Botirov Ravshan Maxkam oʻgʻli | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (Toshkent viloyati) | 6 oy |
4 | Polikondensatsion ionitlarda d-metallar sorbsiyasi va kompleks hosil qilishini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida oʻrganish | Eshqurbonov Furqat Bozorovich | Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali | Ilgʻor texnologiyalar markazi (Toshkent shahri) | 3 oy |
5 | Irrigatsiya nasos stansiyalari suv olish inshootlarning gidravlik ish sharoitlarini takomillashtirish | Gazarayan Aleksandr Sergeevich | Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti | “OʻZSUVLOYIHA” AJ (Toshkent shahri) | 6 oy |
6 | Havo + suv yordamida magistral kanallarda loyqa choʻkindilarni tozalashda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish | Melikuziyev Sarvarbek Maxmud oʻgʻli | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | Mirishkor irrigatsiya tizimi boshqarmasi (Qashqadaryo viloyati) | 6 oy |
7 | Irrigatsiya tizimlarida yangi nasoslar konstruksiyalarini yaratish | Nasirova Naira Ravelevna | Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti | “SUVMASH” AJ (Toshkent shahri) | 6 oy |
8 | Ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning yeyilishga bardosh tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish | Parmonov Sarvar Toshpoʻlatovich | Toshkent davlat texnika universiteti | Navoiy davlat konchilik instituti (Navoiy viloyati) | 4 oy |
9 | Yurak ishemik kasalligi rivojlanishida sezuvchanligi yuqori xavf omillarini aniqlash | Rajabova Raʼno Shavkatjon qizi | Toshkent tibbiyot akademiyasi | Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi (Toshkent shahri) | 4 oy |
10 | Irrigatsiya tizimlaridagi parrakli nasoslarni oqim qismini takomillashtirish va energiya tejamkorlikka erishish | Rashidov Jaloliddin Ibodullayevich | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | “SUVMASH” AJ (Toshkent shahri) | 6 oy |
11 | Geoaxborot texnologiyalarini qoʻllash orqali Aydarkoʻl-Arnasoy-Tuzkon koʻllar tizimi muhofaza zonasi xaritalarini yaratish | Saipova Barnoxon Vapojonova | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya va topografiya nazorati boshqarmasi (Jizzax viloyati) | 6 oy |
12 | Lalmi maydonlarga moʻljallangan yangi turdagi gʻalla seyalkasini ishlab chiqish | Xudayqulov Rustam Fayziyevich | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | “BMKB Arromash” AJ (Toshkent shahri) | 4 oy |
13 | Jangovor texnikalarni suv ostida boshqarish tizimini takomillashtirish uchun 3D loyihalashni oʻrganish | Xursanov Doniyorbek Damirjon oʻgʻli | Chirchiq Oliy Tank Qoʻmondonlik bilim yurti kursant | “Oʻzavtosanoat” AJ vasiyligidagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ (Toshkent shahri) | 2 oy |