“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni gʻoliblari taqdirdlandi

25-noyabr kuni “InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sovrindorlarini hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilgi koʻkrak nishoni tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni onlayn tartibda amalga oshirildi. Respublika tumanlari va oliy taʼlim muassasalariga jami 515 nafar ishtirokchi hujjatlar topshirdi. Tuman va oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan komissiyalar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga eng yaxshi jami 117 nafar nomzodlarning loyihalari topshirildi.

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan tavsiya etilgan 44 nafar nomzodlarning loyihalari va hujjatlari respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqildi hamda baholandi. Komissiya aʼzolari qaroriga muvofiq har bir hududdan 1 nafardan, umumiy 14 nafar eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar boʻyicha moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalar gʻoliblarini, “General Lesson” oʻquv markazi nomidan 5 nafar qizdan iborat IT-Queens jamoasi 2021-yilda Moskva shahrida tashkil etilgan yoshlar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro tanlovda ishtirok etib, maxsus “Data Lady” nominatsiyasi boʻyicha sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritganlarni Yoshlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilish va ularga aʼzolik sertifikatlarini topshirildi.

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni gʻoliblari

T/rF.I.Sh.Hudud
1.Kaliyev Nadjibulla MuratovichQoraqalpogʻiston Respublikasi
2.Mirzaxmedov Xumoyun Baxtiyorjon oʻgʻliAndijon viloyati
3.Raxmatova Dilnora SaidjonovnaBuxoro viloyati
4.Imomova Dildora Shuxrat qiziJizzax viloyati
5.Kamalova Dilnavoz IxtiyorovnaNavoiy viloyati
6.Rustamova Shohista OmonjonovnaNamangan viloyati
7.Qoʻziyev Nodir MurodillayevichQashqadaryo viloyati
8.Qurolova Norigul Ravshan qiziSamarqand viloyati
9.Ergasheva Farogʻat SheraliyevnaSirdaryo viloyati
10.Urazov Mustafoqul KulturayevichSurxondaryo viloyati
11.Xalilova Mamura Fayzulla qiziToshkent viloyati
12.Yusupov Sardorbek MaʼrufovichFargʻona viloyati
13.Sobirova Farangiz Yoʻldosh qiziXorazm viloyati
14.Homidov Hamdam Hasan oʻgʻliToshkent shahri