Jizzax viloyati iqtidorli yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi


📣 Yoshlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi hamda IT park hamkorlikda Jizzax viloyati iqtidorli yoshlari uchun uchrashuv tashkil etdi.

🔹 Uchrashuv mobaynida yoshlarga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan tanlovlar, jumladan Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan “Boʻlajak olim” tanlovi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

✅ Shuningdek, vazirlik mutaxassislari tomonidan tanlov shartlarida talab etilgan hujjatlar: biznes reja, xarajatlar smetasini toʻgʻri tuzish boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh