“Boʻlajak olim” tanlovi natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalar roʻyxati

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik tomonidan 2021-yilning may oyidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari doirasida “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida ilmiy gʻoya va startap loyihalar boʻyicha takliflar qabul qilish boʻyicha eʼlon berildi. Tanlov yakunlariga koʻra startap loyihalar boʻyicha 150 ta ariza qabul qilindi.

Taqdim etilgan startap loyihalar “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablariga muvofiqligi, shuningdek, startap loyiha hujjatlariga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash boʻyicha tanlov ishchi organi hisoblangan Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan texnik ekspertiza tashkil etildi. Texnik ekspertiza natijalariga koʻra 74 ta startap loyiha tanlov komissiyasi muhokamasiga kiritildi. Tanlov komissiyasi muhokamalaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 26 ta startap loyiha moliyaviy-iqtisodiy ekspertizaga kiritildi.

Hayʼat muhokamasiga “Texnika”, “Yer toʻgʻrisidagi”, “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” va “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish” va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha “Boʻlajak olim” tanlovi komissiyasi tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan va moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza xulosasi olingan 6 ta startap loyiha kiritildi hamda hay’at qaroriga asosan moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Eslatib oʻtamiz tanlov komissiyasi tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan keyingi loyihalar ham vazirlik hayʻatining keyingi majlislarida koʻrib chiqilib qaror qabul qilinadi!

Moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar roʻyxati

Loyiha nomiLoyiha rahbariIjrochi tashkilotLoyihani bajarish muddatiTavsiya etilgan summa (mln.soʻm)
1Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun quyosh havo qizdirish qurilmasini yaratishSafarova Setora Ulugʻbek qiziQarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti12 oy36,327
2Ekologik xavfsiz polimer plyonka va qadoqlovchi materiallar olish uchun bioparchalanuvchi kompaundlar ishlab chiqarish korxonasini yaratishTurdiqulov Islom Hayitboy oʻgʻliFanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti12 oy735,000
3Koʻzi ojizlar uchun innovatsion relyefli xaritaning yangi avlodini yaratishAhmadjonov Mavlonbek Bahodir oʻgʻliNamangan davlat universiteti12 oy98,000
4Stomatitni davolovchi plastinka-tez, oson va qulayShermatova Iroda
Baxtiyor qizi
“Erudit grand class” MCHJ12 oy461,000
5Mahalliy xom ashyolar asosida tayyorlangan uy-joy xoʻjaliklari uchun suv isitish qurilmasiPardayeva Gulmira
Parda qizi
Namangan muhandislik-qurilish instituti12 oy55,000
6Rekuperator va havo tozalagichlarini ishlab chiqishXaydarov Doniyor
Nosirdin oʻgʻli
“Innovatsion inkutorlar markazi” MCHJ12 oy698,076