Yoshlar akademiyasi “Boʻlajak olim tanlovi” doirasida yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047 qarorida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son hamda “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorlarida belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi:

Tanlov shartlari

Tanlovga taqdim etiladigan amaliy va innovatsion loyihalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

loyihaning barcha ijrochilari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzosi boʻlishi lozim (Yoshlar akademiyasiga aʼzo boʻlish uchun akademiyaning rasmiy veb-sahifasi – yoshlarakademiyasi.uz saytidan roʻyxatdan oʻtish zarur);

loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar 40 yoshdan oshmasligi zarur;

ilmiy loyiha tanlov mavzusiga mos tarzda ishlab chiqilishi lozim.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2021-yilning 20-sentyabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma hat (.pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda, .pdf va .doc/.docx).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining toʻliqligi, ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan soʻng toʻliq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning toʻliqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish salohiyati, loyihada rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ushbu havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs .

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovlar natijalarni aniqlash boʻyicha interfaol xizmat” sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32, +998-90-989-92-94.