📣 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq mustaqil izlanuvchilikka oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (phd.mininnovation.uz) orqali hujjat topshirish yilda 4 marotaba:
🔹 15-yanvardan 15-fevralgacha
🔹 15-apreldan 15-maygacha
🔹 15-iyuldan 15-avgustgacha
🔹 15 sentyabrdan 15-oktyabrgacha belgilangan.
✅ Hozirgi kunda mustaqil izlanuvchilikka joriy yilning 15-iyuldan 15-avgustgacha boʻlgan muddatlarda hujjat topshirish boʻlib oʻtdi, shuningdek, ayrim sabablarga koʻra (Qurbon hayiti munosabati bilan joriy yilning 20-22-iyul kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilinganligi, texnik nosozliklar tufayli tizimda yuzaga kelgan muammolar va b.) ❗️joriy yilning 20-avgustiga qadar mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda hujjat topshirish mumkinligini maʼlum qilamiz.
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh