Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida memorandum imzolandi

📣 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida “Jizzax viloyatida yoshlarning startap loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha tanlov tashkil etish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida” memorandum imzolandi.

➡️ Jizzax viloyatida ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning startap loyihalarini teng ulushlarda moliyalashtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ushbu yoʻnalishda tanlov tashkil etish maqsadida mazkur memorandum tomonlar oʻrtasida imzolandi.

🔹 Tomonlar ushbu tanlovni keng koʻlamda va samarali tashkil etish hamda tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 4 mlrd soʻm miqdorda mablagʻlar ajratadilar.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh