Creative Spark Big Idea Challenge 2021

📣 Britaniya konsulligi tomonidan 7 ta mamlakatda tashkil etilayotgan Creative Spark Big Idea Challenge 2021-yilgi mavsumi oʻz nihoyasiga yetmoqda.

🔰 Ushbu tanlovga Oʻzbekistondagi 17 yoshdan — 35 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar tomonidan 600 ta biznes gʻoyalar taqdim etildi.

✅ Tanlov tashkilotchilari tomonidan musobaqa shartlariga koʻra 9 ta biznes gʻoya final bosqichi uchun tanlab olindi.

‼️ Final bosqichida gʻoliblarni aniqlash ovoz berish yoʻli orqali amalga oshiriladi.

🔥 Ushbu musobaqa final bosqichida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan Yoshlar akademiyasi aʼzolari boʻlgan quyidagi iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda:

➡️ Green Design – Alisher Xudoyberdiyev, Murodjon Abdurahmonov (ovoz berish)
➡️ The Green Ray – Sirojiddin Anvarov (ovoz berish)
➡️ Super Donor – Dilmurod Rakhmatov, Sharofjon Qurbonov (ovoz berish)

💥 Ushbu musobaqada Yoshlar akademiyasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlang.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh