🎊 Yoshlar akademiyasi Sizlarni Yoshlar kuni bilan muborakbod etadi!


✨ Avvalambor, barchangizni mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan nishonlanayotgan — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

🌟 Aytish joizki, Yoshlar akademiyasi tomonidan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va munosib taqdirlash, ularing takliflarini oʻrganib toʻgʻri yoʻnaltirish maqsadida turli koʻrinishdagi tanlovlar, musobaqalar, shuningdek forumlar, konferensiyalar va mahorat darslari tashkil etib kelinib, koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

✨ Ishonamizki, Sizday shijoatli, gʻayratli, vatanparvar yoshlarimiz bor ekan koʻzlagan yuksak marralarimizni dadillik bilan zabt etaveramiz!

⚡️ Hayotingiz davomida faollik, shijoat va muvaffaqiyat sari boʻlgan ishonch Sizni hech ham tark etmasin. Buyuk maqsadlar va omad hamisha hamrohingiz boʻlishini tilaymiz!
__
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh