“Ilmiy gʻoyalar” hamda “Startap loyihalar”ga hujjatlar qabul qilish jarayoni oʻz nihoyasiga yetdi

📣📣 Yoshlar akademiyasi “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida “Ilmiy gʻoyalar” hamda “Startap loyihalar”ga hujjatlar qabul qilish jarayoni oʻz nihoyasiga yetganini maʼlum qiladi.

➡️ Mazkur tanlovga kelib tushgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq koʻrib chiqiladi.

❗️ Tanlov komissiyasi ekspertizalaridan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalar natijalari yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali eʼlon qilinib boriladi.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh