📣 Vazir va yoshlar uchrashuvi!


⚡️ Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida Buxoro viloyati G’ijduvon tumani hokimligi binosida viloyat yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💫 Ushbu tadbirda yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollari, duch kelayotgan muammolarga yechimlar boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar.

💡 Tadbir davomida viloyatning tashabbuskor yoshlari tomonidan loyihalar koʻrgazmasi tashkil etildi hamda eng yaxshi loyihalar “Bo’lajak olim” tanlovi va “Technoways” texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

🎁 Uchrashuv soʻngida erishgan natijalari uchun tadbir ishtirok etgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarga esdalik sovgʻalar topshirildi.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh