📣 Vazir va yoshlar uchrashuvi!

⚡️ Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida Namangan viloyati Norin tumani Madaniyat saroyida viloyat yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💫 Ushbu tadbirda yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollari, duch kelayotgan muammolarga yechimlar boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar.

💡 Tadbir davomida viloyatning tashabbuskor yoshlari tomonidan loyihalar koʻrgazmasi tashkil etildi.

🎁 Uchrashuv soʻngida erishgan natijalari uchun Namangan viloyatining 14 yashar Muhammadsodiq Abduxalilov va boshqa tadbir ishtirokchilariga esdalik sovgʻalar hamda Yoshlar akademiyasi a’zolik sertifikatlari topshirildi.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh