🏅 Yoshlar akademiyasi a’zosi, Samarqand davlat universiteti 3-bosqich talabasi Roʻziyeva Mohinur Shaxmardon qizi Qozogʻistonning Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida “Ilm-fan” yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq koʻrilib, oltin medal bilan taqdirlandi.
📌 Ta’kidlash lozimki, ushbu tanlov Qozogʻistonda 2019-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinmoqda. Tanlov 21 ta yoʻnalishda ish olib boradi. Ushbu tanlovda MDH davlatlarining iqtidorli talabalari, tadqiqotchilar qatnashishlari mumkin.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh