📣 Chust tumanida boʻlib oʻtgan “Yoshlar forumi” doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan 200 nafar yoshlarga dehqonchilik, xususan, mineral oʻgʻitlar, takroriy ekinlar uchun urugʻlik xarid qilish uchun pul mablagʻlari topshirildi. Mazkur 200 nafar kishi Chust tuman hokimligi tomonidan 10 sotixdan ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanayotgan yoshlardir.
🔰 Yoshlar akademiyasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar oʻz mehnati va gʻayrati bilan oʻzi va oila aʼzolarining farovon yashashi uchun harakat qilayotgan gʻayratli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Bu Innovatsion rivojlanish vazirligining Chust tumanidagi yoshlar bilan ishlashining boshlanishidir.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh