📣 Startaplar va innovatsion loyihalar yaratishga qiziquvchi yoshlar uchun URBAN.TECH UZBEKISTAN hakatoni seminarida ishtirok eting!
🔥 URBAN.TECH UZBEKISTAN hakatoni spikerlari:
📆 Sana: 20-22-may
⏳ Soat: 10:00
📍 Manzil: Innovatsion rivojlanish vazirligi
🚀 Oʻz sohasida katta tajribaga ega boʻlgan ekspertlardan jonli tarzda koʻnikmalar va maslahatlar olish istagi boʻlgan barchani kutib qolamiz!
📌 Musobaqa vazifasi Oʻzbekiston bozoridagi turli sohalardagi innovatsion loyihalarni topish va tanlash, ularning sifati va investitsiya jozibadorligini oshirish, shuningdek, eng yaxshi loyihalarni ishlab chiqish uchun oʻziga xos yoʻnalishlarni shakllantirish hamda mavjud jarayonlarni takomillashtirish va yangi innovatsion yechimlarni topish hisoblanadi.
🚀 URBAN.TECH UZBEKISTAN hakatoni mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga davlat eʼtiborini yanada kuchaytirish maqsadida oʻtkaziladigan musobaqa.
📌 Mazkur musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etiladi, oʻtkaziladi hamda gʻoliblari aniqlanadi.
📝 Batafsil ma’lumot uchun
___________________________________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh