“Qishloq xoʻjaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi


📣 “O‘zbekiston 24” kanali orqali namoyish etiladigan “Taraqqiyot formulasi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga bagʻishlandi. Jumladan:

💰 Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Qishloq xoʻjaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🚀 Shuningdek, koʻrsatuvda Yoshlar akademiyasi aʻzolari tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar va ularning ahamiyatli jihatiga alohida eʻtibor qaratildi hamda tadbir ishtirokchilar bilan yoshlarni toʻgʻri maqsad sari yoʻnaltirish va ularni ragʻbatlantirish borasida qizgʻin suhbat boʻlib oʻtdi.


Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh