🔍 Akademik harakatchanlik dasturi tushunchasi

✔️ Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur.

🖋 Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya
va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli qarori).

#akademikharakatchanlik #tanlovlar #dastur #hukumatqarori
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh