“Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
HUKUMAT QARORI (222-son, 19.04.2021-y.)
HUKUMAT QARORINI YUKLASH (222-son, 19.04.2021-y.)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
- Qaror loyihasi bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1) yosh olimlar ilmiy tadqiqotlarini tashkil qilish tartibi, loyihalarga qoʻyilgan talablar, loyihalarni koʻrib chiqish, tanlab olish
va amalga oshirish, shuningdek, ularni moliyalashtirish va monitoringini yuritish tartibini nazarda tutuvchi “Akademik harakatchanlik” dasturini (keyingi oʻrinlarda – Dastur) tartibi toʻgʻrisidagi nizomi, unga koʻra:
- a) 40 yoshgacha boʻlgan olimlar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba tanlov tashkil qilinadi;
- b) Dastur 6 oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;
- v) loyihalar tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan 100 ballik mezonlar asosida baholanadi;
- g) Dastur doirasida gʻolib deb topilgan yosh olimga loyiha davri mobaynida ilmiy rahbar tayinlanadi;
- d) tanlov gʻoliblariga sertifikat beriladi;
- ye) har bir loyihaga BHMning 200 baravaridan oshmagan (49 mln soʻm) mablagʻ ajratiladi.
2) ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni koʻrib chiqib, tanlab olish, loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini nazarda tutuvchi “Boʻlajak olim” tanlovini (keyingi oʻrinlarda – Tanlov) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi, unga koʻra:
- a) yosh olimlarga bir yilgacha amal qiladigan ilmiy gʻoya, ilmiy
va startap loyihalarni ajratish tartibi belgilanmoqda;
Tanlovda maktab, akademik litsey va kollej oʻquvchilari, OTM talablari,
40 yoshgacha yosh olimlari ishtirok etish mumkin.
- b) ilmiy gʻoyalar baholanadi va har biri uchun BHMning
400 baravaridan oshmagan (98 mln soʻm) mablagʻ ajratiladi; - v) ilmiy loyihalar texnik va ilmiy ekspertizalardan oʻtkazilib, gʻoliblarga BHMning 2 ming baravaridan oshmagan (490 mln soʻm) mablagʻ ajratiladi;
- d) startap baholanadi va gʻoliblarga BHMning 3 ming baravaridan oshmagan (735 mln soʻm) mablagʻ ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan dastur va tanlovni tashkil etish boʻyicha Yoshlar akademiyasi mas’ul hisoblanadi.
3) yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, tanlovni oʻtkazish uchun maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, tanlov gʻoliblarini stajirovkaga yuborish, stajirovkalarni moliyalashtirish, uning yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi, unga koʻra:
- a) ilmiy stajirovkaga 1 oydan 6 oygacha boʻlgan davrga yuborish tanlov asosida, yilida kamida bir marotaba tashkil qilinadi;
- b) ilmiy stajirovkaga zarur darajada xorijiy tillarni bilgan 20 dan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar yuboriladi;
- v) ilmiy stajirovkaga yuboriladigan yosh olimlar maxsus ekspert guruhi tomonidan saralanadi va natijalar bayonnoma shaklida rasmiylashtirilib, Innovatsion rivojlanish vazirligining veb-saytiga joylashtiriladi.
Bundan tashqari, loyihasi bilan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qabul kvotasi magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanmoqda.
- II.Ushbu qarorni qabul qilinishi mamlakatdagi yosh olimlarning ilm-fanga nisbatan dunyoqarashi oʻzgaradi, jumladan:
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda oʻquvchilarning loyihalarini amalga oshirishlari qoʻllab-quvvatlanadi;
Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik va integratsiya yanada rivojlanadi;
Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib keluvchi izlanuvchilarning ilmiy loyihalarini amalga oshirishlari maqsadida respublikaning boshqa hududlarida joylashgan ilmiy laaboratoriyalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolaridan respublikadagi ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar uchun jamoaviy foydalanishlari uchun xar yili tanlov tashkil etiladi
“Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq gʻoliblarga taqsimotga asosan ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish huquqi beriladi.
Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlar qoʻllab-quvvatlanadi hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi;
Yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan ilmiy va startap loyihalar tanlovini oʻtkazishning soddalashtirilgan tartibi ishlab chiqiladi;
Ilm-fan va real iqtisodiyot sohasining oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash maqsadida qisqa muddatlarda innovatsion maxsulot va xizmatlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi;
Hududda mavjud muammolarni bartaraf etishda yoshlarning daxldorligi oshiriladi va muammoga yechimlarning ilmiy asoslari ishlab chiqiladi, hududlaning ilmiy salohiyatini koʻtarishga erishiladi.
Yosh olimlar ilmiy stajirovka davomida xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashinuvi natijasida sohadagi yangiliklar oʻrganilib, Oʻzbekistonda tadbiq etiladi. Bu, oʻz navbatida, sohaning rivojlanishiga zamin yaratadi;
Ilmiy stajirovka davomida nomzod zamonaviy yuqori texnologik laboratoriya jihozlari bilan tanishadi. Bu Oʻzbekistonda zamonaviy laboratoriya tashkil etilishida samarali hisoblanadi;
Zamonaviy laboratoriya jihozlari va zamonaviy tadqiqot usullari oʻrganilib, milliy texnologiyalar yaratilishiga asos boʻladi;
Ilmiy stajirovka doirasida halqaro ilmiy hamkorlik munosabatlari oʻrnatiladi;
HUKUMAT QARORINI YUKLASH (222-son, 19.04.2021-y.)