🔰 “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (222-son, 19.04.2021-y.) qabul qilindi.
🔸 Qarorga koʻra, 2021-yildan boshlab har yili kamida bir marta respublikada ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Akademik harakatchanlik” va “Boʻlajak olim” tanlovi tashkil etiladi.
🔸 “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 50 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratiladi.
🔸 Shuningdek, yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi.
🌐 Iqtidorli yoshlar xorijiy OTM va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka oʻtashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuboriladi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh