Yoshlar akademiyasi Kengashi a’zosi Koreyaning nufuzli universiteti professori etib saylandi

🌐 Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshligʻi, Yoshlar akademiyasi Kengashi a’zosi, yosh olim Baxtinur Xudanov Koreyaning nufuzli universiteti professori etib saylandi.

Baxtinur Xudanov 2018-yilda Koreyaning Yonse unisersiteti Stomatologik kasalliklar profilaktikasi va jamoat stomatologik salomatligi kafedrasi professori etib saylangan edi.

✅ 2021-yilda erishgan yutuqlari hamda mazkur universitet talabalari va yosh olimlariga oʻz kasb sirlarini oʻrgatish, ilmiy ish faoliyatidagi qoʻshayotgan hissasini inobatga olib, yosh olim Yonse universiteti professorligiga qayta saylandi.

➡️ Uning yutuqlari nafaqat Oʻzbekistonda, xalqaro darajada ham eʼtirof etilgan. 2012-yilda Germaniyaning DAAD tashkiloti, 2013-yilda Yevropa kariyesologiya assotsiatsiyasi (ORCA) grantini, 2015-yilda Yevropa ittifoqining “Erasmus+” grantini qoʻlga kiritgan.

➡️ 2018-yildan buyon Pierre Fauchard xalqaro stomatologiya tashkilotining Oʻzbekistondagi raisi hisoblanadi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh