🏢 Innovatsion rivojlanishi vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida fan va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan matematika va fizika fanlaridan “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-bosqichiga barchani taklif qilamiz.
🧮 Olimpiadaning 2-bosqichi khiso.uz saytida onlayn oʻtkaziladi.
📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!
📍 Barcha ma’lumotlar va savollardan nam’unalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.
📌 Olimpiadaning qoidalari va tartibi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh