📣 Mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan kreativ fikrlaydigan yoshlar, yosh olimlar, pedagoglar va mutaxassislar diqqatiga!
🗣 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022 oʻquv yili uchun 350 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qiladi!
✅ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
➡️ bakalavriat uchun – 100 nafar (25 yoshgacha);
➡️ magistratura uchun – 150 nafar (20 yoshdan 45 yoshgacha);
➡️ doktorantura uchun – 100 nafar (22 yoshdan 45 yoshgacha) stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.
📝 Hujjatlar Jamgʻarmaning onlayn elektron platformasi orqali 2021-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.
📍 Batafsil ma’lumot uchun:
71-203-14-41, 71-203-00-47, 71-203-00-48
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh