“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” maqomiga ega boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

🌐 Innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan iqtidorli yoshlarni jalb qilish, ularning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning noyabr oyida “InnoWeek 2021” doirasida yurtimizdagi
➡️ yosh olimlar
➡️ talabalar
➡️ tashabbuskor fuqarolarni
🏅 “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” (https://yoshlarakademiyasi.uz/tanlov.html) koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

📝 Tanlovning 1-bosqichi uchun loyiha va uning muallifi toʻg’risidagi ma’lumotlar:
☑️ Tashabbuskor fuqarolar tuman (shahar) hokimliklarida;
☑️ Talabalar va yosh olimlar oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyaga 30-aprelga qadar taqdim etishlari lozim.

Tanlov uchun kerakli hujjatlar:

1. Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

2. Loyihaning maʼlum bir muammoni yechimiga qaratilganligi haqida taqdimot (prezentatsiya (power point) .ppt, .pptx formatida, 10 ta slayddan oshmasligi lozim).

3.Loyihaning hududga va tarmoq sohasiga foydaliligi boʻyicha tegishli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlaridan tavsiyanoma.**

4. Loyiha haqida qisqacha videorolik (1 daqiqadan oshmagan, .avi yoki .mp4 formatida)***

5. Loyiha boʻycha olingan patent toʻgʻrisida maʼlumotnoma, sertifikatlar, maqtov yorliqlar va h.k. (agar mavjud boʻlsa).***

6. Loyiha prototipi (agar mavjud boʻlsa).***

Izoh: *Maxsus komissiya arizachidan loyihani oʻrganib chiqish va uning ekspertizasi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotni talab qilish huquqiga ega. Komissiya aʼzolari oʻrnatilgan talabga mos kelmagan hujjatlarni qabul qilmaslik huquqiga ega.

** Tavsiyanoma davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarining rasmiy blankasida rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.

*** Taqdim etish ixtiyoriy, ammo tavsiya etiladi va qoʻshimcha ball beriladi.

☑️ Ariza

Batafsil maʼlumot uchun:
💠 +998 71 203 32 28 (233)

______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh

Ariza shakli 1