Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalari uchun onlayn seminar tashkil etildi

🌐 2021-yil 2-mart kuni Yoshlar akademiyasi Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalari uchun onlayn seminar tashkil etdi.

➡️ Mazkur seminarda institutning iqtidorli talabalari ishtirok etib, Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarni innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar, muammolar yechimi kabi masalalar haqida nutq soʻzlandi hamda mavzu doirasida ishtirokchilarning chiqishlari va qizgʻin muhokamalari boʻlib oʻtdi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh