💠 Uchrashuv Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarning ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalarni munosib baholash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda 50 ga yaqin loyihalar tinglandi.
🔹 Mazkur tadbir ishtirokchilari uchun o‘zlarining innovatsion biznes g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalari hamda uning samarasi uchun yangi g‘oyalar, original yechimlar manbasi va muloqot maydonchasi bo‘lib xizmat qildi.
📍 Eng yaxshi saralab olingan loyihalar seedfunding, startap va yosh olimlar tanloviga yo’naltiriladi.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh