🌐2021-yil 20-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish oʻquv dasturining tinglovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
💠 Uchrashuv doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev tinglovchilarga vazirlik faoliyati, mamlakatimiz yoshlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yoshlar akademiyasi tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, vazirlik tomonidan eʼlon qilib boriladigan ilmiy-amaliy innovatsion loyihalar tanlovlarida ishtirok etish va loyihalarni topshirish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar berdi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan takliflar eshitildi va savollarga toʻliq javob berildi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh