🌐 Innovatsion rivojlanish vazirligining mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berish hamda yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish maqsadida Yoshlar akademiyasi tomonidan Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida ishtirokchilar Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishtirildi hamda oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼliq javob olishdi.
_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh