Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri Yoshlar markazida uchrashuv boʻlib oʻtdi

🌐  2021-yil 14-fevral sanasida Yoshlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri Yoshlar markazida hududdagi oliy oʻquv yurti talabalari, yosh olimlar, iqtidorli va tashabbuskor yoshlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

💠 Tadbirda hududdagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda innovatsion yechimini topish maqsadida hududiy “Urban.Tech Uzbekistan” xakatoniga start berildi.

➡️ “XAKATON” musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning hududlardagi mavjud muammolarga nisbatan daxldorligini oshirish, yangi innovatsion yechimlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga davlat eʼtiborini yana-da kuchaytirish koʻzda tutilgan.

💠 Shuningdek, uchrashuv mobaynida ishtirokchilar tomonidan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi va eng yaxshi loyiha egalari Yoshlar akademiyasi a’zoligiga tavsiya etildi.

______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh