Urgench shahri Yoshlar markazida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

🌐 2021-yil 13-fevral sanasida Yoshlar akademiyasining Xorazm viloyati, Urgench shahri Yoshlar markazida hududdagi oliy oʻquv yurti talabalari, yosh olimlar, iqtidorli va tashabbuskor yoshlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

💠 Uchrashuv mobaynida ishtirokchilarga Yoshlar akademiyasi tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etildi hamda ishtirokchilar tomonidan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi va eng yaxshi loyiha egalari Yoshlar akademiyasi a’zoligiga tavsiya etildi.

➡️ Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda innovatsion yechimini topish maqsadida hududiy “Urban.Tech Uzbekistan” xakatoniga start berildi.

 

__________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh